Sonor undosh, sonant (lotincha: sonorus — jarangdor, jaranglovchi) — ovozning ishtirokiga va hosil boʻlish usuliga koʻra alohida xususiyatlarga ega boʻlgan undoshlarning umumiy nomi. Sonor undoshlarda ovoz shovqinga qaraganda koʻproq boʻladi va ular shu xususiyati bilan unlilarga yaqin turadi. Ular oʻzbek tilida 5 ta: l, r, m, n, ng (s). Baʼzi adabiyotlarda y va w (lablangan v) undoshlari ham sonorlar qatoriga kiritiladi. L — yon undosh, r — titroq undosh, m, n, ng — burun tovushlari. Sonor undoshlar artikulyasion jihatdan undosh, akustik sifatlariga koʻra esa unli tovushlardir. Shuningdek, baʼzi adabiyotlarda baʼzi undoshlar tarkibiga koʻra sof va qorishiq, ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra esa, sonorlar va shovqinlilar deb ham tasnif qilinadi. Qorishiq undoshlar bitta — „Ch“.