Soplo — gaz, havo (bugʻ) va suyuqlikni purkash hamda ularning oqimi yoʻnalishi va tezligini rostlab turish uchun moʻljallangan konussimon uchlik. Gidravlik turbina, bug turbinasi, forsunka, reaktiv dvigatellarda (rayemga q.) ishlatiladi. S.ning koʻndalang kesimi toʻgʻri toʻrtburchak (yassi S), dumaloq (oʻq boʻyicha simmetrik S.) yoki ixtiyoriy shaklda (fazoviy S.) boʻlishi mumkin. Sda oqim yoʻnalishida suyuklik yoki gazning tezligi (i) uzluksiz (boshlangʻich tezlik iodan chiqishdagi tezlik ia gacha) oshib boradi (uqua). Energiyaning sak,lanish qonuniga muvofiq, tezlik oshgan sari bosim va temperatura pasayib boradi. S.dagi suyuqlik yoki gaz oqimini hisoblashda ana shu xususiyatni hisobga olish kerak boʻladi. S texnikada (bugʻ va gaz turbinalarida, raketa va havoreaktiv dvigatellarda, magnitgazodinamika qurilmalarida, samolyotlar sinaladigan aerodinamik quvurlar va boshqalarda) keng ishlatiladi.