Sorbit
Sorbit (ingliz olimi G. K. Sorbi nomidan), metallshunoslikda — poʻlat va choʻyan strukturasini tashkil etuvchilardan biri; sementit va ferrit aralashmasi. Sovitilganda yuz beradigan diffuzion oʻzgarishlar natijasida austenitlsh hosil boʻladi. S.ning mikrostrukturasi plastinkasimon (normallash, yaʼni sorbitlash natijasida hosil qilinadi) yoki donador (termik yaxshilash natijasida hosil qilinadi) boʻladi. S. strukturali poʻlatning plastikligi va zarbiy qovushoqligi yuqori, juda mustahkam, shuning uchun mashinalarning koʻpgina detallari, relyelar, bandajlar va boshqa sorbitlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |