Sorbsiya (lotincha: sorbeo — yutaman) — gaz, bugʻ va erigan moddalarning kattik, jism yoki suyuqlikda yutilishi. Yutuvchi jismlar sorbentlar, yutiluvchi modda sorbat (yoki sorbtiv) deyiladi. S.ning quyidagi turlari bor: adsorbsiya, absorbsiya, xemosorbsiya va kapillyar kondensatsiya — yutuvchi moddaning gʻovak va kapillyarlarida suyuq faza hosil boʻlishi. S. — koʻpgina tabiiy jarayonlarning asosiy tarkibiy qismi; u kimyoda keng qoʻllanadi. Muhim sorbentlarga faollangan kumir, silikogel, seolitlar, smektit, navbaxtit va boshqa kiradi.