Sormait — asosini temir tashkil qiladigan qattiq qotishmalarning umumiy nomi. S. 20-asr 30y.larida Sormovo zavodi (Rossiya)da ishlab chiqilgan (nomi shundan). Qattiq S.da 25—3 xrom (Sg), 2,5—3,5% uglerod (S), 3— 5% nikel (Ni), 4,5% marganets (Mp), 2,8—4,2% kremniy (Si), 0,08% gacha oltingugurt (S) va boshqa boʻladi. Strukturasi jihatdan yuqori xromli choʻyanga yaqin turadi, termik ishlanganda qattiqligini oʻzgartirmaydi. S.ning boshqa ayrim xossalari: Rokvell boʻyicha qattiqligi 50 dan ortiq, erish temperaturasi yuqori (1275°) va boshqa Shtamplar, oʻlchov asboblari va boshqa detallar Sdan tayyorlanadi. Detal va asboblarning tez yeyiladigan sirtlariga eritib yopishtirish va boshqa maqsadlarda ham ishlatiladi.