Sosnovets — Polshaning jan. qismidagi shahar. Yuqori Sileziya aglomeratsiyasida, Katovitse voyevodasida. Aholisi 244,1 ming kishi (1999). Toshkoʻmir qazib olinadigan r-n markazi. Qora metallurgiya, kon mashinasozligi, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziqovqat sanoati korxonalari, togʻ muzeyi bor.