Sovchilik
Sovchilik — biror xonadonning voyaga yetgan qizini kelinlikka soʻrab borish odati. Bu vazifani bajaruvchilar sovchilar deb atalgan.
Dunyoning turli xalqlarida bu odat turlichadir. Sovchilik toʻgʻrisidagi ilk maʼlumotlar VII-VIII asrlarga oid UrxunYenisey bitiklarida uchraydi. Toʻnyuquq bitiktoshida "sov", "sab" kilimasi soʻz, ran maʼnosida ishlatiladi. "Irq bitigi" ("Fol kitobi")da esa "sab"—suz, "sabchi" — xabarchi, soʻz keltiruvchi maʼnosida qoʻllangan. Bu xaqda Mahmud Koshgʻariy "sovchi — kelin va kuyov orasida birbiriga xabar eltuvchi", deb yozgan. Turkiy xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda kdsimdan Ska dastlab ayollar, soʻngra erkaklar borishgan. Odatda, kuyovning togʻasi, amakisi yoki yaqin qarindoshlardan obroʻli, koʻpni koʻrgan, uvalijuvali, serfarzand va bir nikohli, fozil kishi Ska yuborilgan. Yigit ulgʻayayotgan xonadonda uni uylantirish faqat ota-onaninggina emas, yakin qarindosh, doʻstu birodarlarning ham tashvishi hisoblanadi. Shunga koʻra, yigitga munosib qizni koʻz ostiga olganlar va yigitning onasiga uni darak qilishgan. Shaharlarda yigitning onasi, ammasi yoki xolalaridan biri yoki boshqa ayol bilan moʻljallangan qiz xonadoniga tashrif buyurib, "mehmonga keldik" bahonasi bilan qizni koʻradilar. Ayni paytda uyjoy, hovlining tozaligi, saranjomsarishtaligi, dasturxon bezalishi, uy egalarining mehmondoʻstligiga razm soladilar. Qizning onasi bilan suhbatlashib, "onasini koʻru, qizini ol" maqoliga amal qiladilar. Koʻp yerda sovchilar qiz tomonning qoʻniqoʻshnilari, xizmat yeridan soʻrabsurishtiradilar. Qishloq joylarida yashovchilar birbirlarining farzandlarini yaxshi bilganliklari uchun sovchilikka oʻzlari bormay, mahalladan yoki qarindoshlaridan 2—3 kishini goboradilar. Qiz tomon tanishbilish yoki qarindosh boʻlsa, sovchilar ikkiuch borgach, fotiha toʻyi belgilanishi mumkin. Agar notanish boʻlsa, qiz tomon ham soʻrabsurishtirib, bir qarorga kelguniga qadar, yigit tomon oʻz elchilarini yuborib turadi. Sharqona odobga koʻra, yigitning onasi oʻz oʻgʻli haqida gapirishi, uning yaxshi tomonlarini koʻrsatishga urinishi yaxshi sanalmaydi. Oʻzbekchilik odobi, milliy madaniyatga koʻra, sovchilar tomoni ham, qiz tomon ham birbirlarining shaʼnilariga tegadigan ran qilmaydilar. Zarur boʻlsa, hatto rad javobini ham nozik andisha pardasiga oʻrab, ogʻir botmaydigan, kishidan bezmaydigan qilib yetkaziladi. Sovchilik aksariyat ayollar ishi, sharoitga qarab oʻrtaga baʼzan erkaklar ham tushadilar. Sovchilarni maʼjoziy maʼnoda elchilar deb atashadi. Qizning ota-onasi rozilik bildirgach, sovchilar shu rozilikka oldindan maxsus tayyorgarlik tarzida dasturxon (patir, shirinlikmeva, baʼzan qizga, uning ota-onasiga capno) qilib boradilar. Sovchilar huzurida qiz va yigit birbirlariga unashtirilganligi eʼlon qilinadi va bu qarorning muqaddasligini taʼkidlash maʼnosida sovchilar keltirgan dasturxon ochilib, noni sindiriladi, (non sindirish) soʻng "oq oʻrar" marosimi oʻtkaziladi. Odatda, bu marosimda eng yaqin va tabarruk qarindoshlar ishtirok etishib, ikki tomonning quda boʻlishiga rozilik belgisi sifatida oqlik beriladi. Shu marosimning oʻzida koʻpincha boʻlajak kelin uyida oʻtkaziladigan fotiha toʻyi kuni, taxminan boʻlsa ham toʻy vaqti belgilanadi.
Yevropada bu holatlar koʻproq "tanishuv klublari", eʼlonlar orqali hal qilinadi.
Havolalar
tahrirVikiiqtibosda Sovchilikga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |