Sovuqdan koʻpchish - muzlayotgan togʻ jinslarida muz hosil boʻlishi natijasida tog jinslari hajmining ortishi va natijada yer yuzasining koʻtarilishi. Bu hodisa muz hosil boʻlish jarayoni tez va notekis kechayotgan joylarda ayniqsa yaqqol roʻy beradi. Sovuqdan koʻpchish togʻ jinslarining mavsumiy va uzoq yillar muzlab yotgan joylarida kuzatiladi. Sovuqdan koʻpchish muzlagan qatlamlarning notekis koʻtarilishiga sabab boʻlib, koʻtarilishning oʻlchami — togʻ jinslarining tarkibi, namligi va zichligiga bogʻliq.