Soylik
Soylik — Yer poʻsti relyefining botiq shakli, izometrik yoki kam darajada choʻzilgan boʻlishi mumkin. S har tarafdan oʻralgan berk hamda bir yoki ikki tomoni ochiq boʻladi. Morfologik jihatdan tubi yassi, tovoqsimon va boshqa turlari farq qilinadi. Vujudga kelishiga koʻra — tektonik, vulkanik, erozion, muzlik, karst va boshqa; oqim rejimiga koʻra uch xil — suv oqib chiqadigan, oqib keladigan va oqmas boʻlishi mumkin. Dengiz tubi geomorfologiyasida geosinklinal dengiz va okeanlari egallagan oʻtish zonasi S. farq qilinadi. Eng yirik S. — okean kaʼri.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |