Soz
Soz — 1) Markaziy Osiyoda musiqa cholgʻoʻ asboblarining umumiy ifodasi; 2) torlitirnama musiqa cholgʻu asbobi. Ozarbayjon, Eron, Turkiya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Yogʻochdan yasaladi, noksimon kosasi pardalar bogʻlangan uzun dastasiga yelimlab ulanadi. Umumiy uz. 70—80 sm. 5 tadan 9 tagacha sim torlari mezrob bilan chalinadi. Ular, odatda, kvartakvintaga sozlanadi. S, asosan, oshiqlar, xonandalar qoʻshigʻiga joʻr cholgʻu asbobi sifatida, shuningdek, xalq cholgʻu ansambli tarkibida ishlatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |