Spermatogenez
Spermatogenez (sperma va ... genez) — hayvonlarda va koʻpchilik oʻsimliklarda dastlabki diploid jinsiy hujayralarni ixtisoslashgan erkaklik hujayralari — spermatozoidlar yoki spermiylarga aylanishi. Rivojlanayotgan jinsiy qujayralar oʻzaro sinsitial bogʻlangan. S. koʻpayish, oʻsish, yetilish va spermatozoidlar shakllanishi davrlaridan iborat. Koʻpayish davrida diploid hujayralar — spermatogoniyalar bir necha marta mitoz boʻlinadi va oxirgi interfazada DNK replikatsiyalanadi. 2davrda ular oʻsib, 1tartib spermatotsitlarga aylanadi. 3davrda 2 marta boʻlinib yetilish, yaʼni meyoz sodir boʻladi. 1boʻlinishda har bir spermatotsitdan 2 tadan 2tartib spermatotsitlar; 2boʻlinishda 4 ta bir xil kattalikdagi spermatidlar hosil boʻladi; xromosomalar soni 2 baravar kamayadi. Spermatidlar S.ning 4davriga oʻtib, spermatozoidlarga aylanadi. Bu davrda ularning akrosomasi, xivchini va qoʻshimcha yadrosi hosil boʻladi; sitoplazmaning koʻp qismi ribosomalar, Golji kompleksi va endoplazmatik toʻr bilan birga chiqib ketadi. Spermatidlar ichidagi bunday oʻzgarishlar telokinetik harakatlanish deyiladi. S. 3 kundan (boʻshliqichlilarda) 20 kungacha (odamda) davom etadi. S. koʻpchilik hayvonlarda urugʻ yoʻlida, germafrodit hayvonlarda esa germafrodit gonadada, gʻovaktanlilarda mezogleyda roʻy beradi. Oʻsimliklarda spermatozoidlar anteridiyalarda hosil boʻladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |