Spikulalar (lot. spiculum — uchi, mut — nashtar) — 1) ayrim umurtqasizlarning ohak yoki kremniydan iborat skelet elementlari. Gʻovaktanlilar (1, 3, 4 va koʻp oʻqli ignalar shaklida), 8 nurli korallar, egat qorinchali mollyuskalar, ignaterililar (goloturiyalar) va assidiyalar uchun xos; 2) nematodayaaraa erkaklik jinsiy organlarining bir qismi. Ayrim nematodalarda S. kloaka teshigidan chiqarilib, urgʻochisi jinsiy teshigini kengaytirish uchun xizmat qiladi; boshqalarida S. tarnovsimon shakdda, birbiri ustiga taxlanib, urgʻochisi jinsiy yoʻliga urugʻ hujayralarni oʻtkazish vazifasini bajaradi. Odatda, S. 2 ta, baʼzan 1 ta boʻladi.