Spilitlar
Spilitlar (yun. spilos — dogʻ, hol) — kuchli oʻzgarishga uchragan bazalt togʻ jinslari, suv osti vulkanlaridan lavaning quyilishi natijasida hosil boʻlgan. Bu jinslarda dala shpati ikkilamchi albitdan iborat. S. mikrolit, baʼzan diabaz strukturali; albitlashgan plagioklazning ingichka va uzun mikrolitlaridan gʻosil boʻlib, ularning oraliklari xlorit va ruda minerali bilan toʻlgan. S. spilitli tuflar, sharli lavalar va ularga yaqin boʻlgan jinslar bilan birgalikda dengiz tagida hosil boʻlgan choʻkindi jinslar orasida uchraydi. S. Yer poʻstidagi chukur yoriklar zonasi bilan alokador. S. burmali mintaqalar rivojlanishining ilk bosqichlarida suv osti sharoitida yuzaga kelgan vulkan ik katlamlarda keng tarqalgan (Kavkaz, Ural, Oltoy, Qozogʻiston va boshqalar). Oʻzbekistonning ZirabuloqZiyovuddin, Tomdi, Nurota, Hisor togʻlarida bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |