Spiritizm
Spiritizm (lot. spiritus — jon, ruh) — marhumlarning ruhi narigi dunyoda yashashiga va u bilan kishilar (fol koʻrish, arvohlarni chaqirish va boshqa usullar bilan) muloqotda boʻlishiga ishonish. Uning kelib chiqishi qad. animistik (qarang Animizm) eʼtiqodlarga, buddizm, hinduiylik, yunon taʼlimotlariga, ularning taʼsirida baʼzi islom firqalarida ham shakllangan tasavvurlarga borib taqaladi. S.da ruxdar bilan maxsus kishilargina (sehrgarlar, kohinlar) bogʻlana oladi deb hisoblangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |