Spirogira (Spirogyra) — konʼyugatlar sinfiga mansub suvoʻtlar turkumi. Chuchuk suvlarda keng tarqalgan. Iplari shoxlanmagan, 4—200 mkm kenglikda, bir qator hujayralardan iborat. Hujayralarida bittadan bir nechtagacha spiral oʻralgan xromotoforalari boʻladi. Vegetativ va jinsiy koʻpayadi. Vegetativ kupay i shi noqulay sharoitda bir qancha hujayralarga ajralishi yoki iplarning tasodifiy uzilishi orqali sodir boʻladi. Jinsiy konʼyugatsiya orqali koʻpayishi 2 ta spirogira iplarining parallel joylashib, konʼyugatsiyalangandan soʻng hosil boʻlgan zigotadan yangi S. oʻsib chiqishidan iborat. 340 ga yaqin turi maʼlum. Oqmaydigan va tinch oqadigan suvlarda koʻp uchraydi; koʻpincha suv yuzasida yoki suv tubidagi balchikda "baqatoʻn" deb ataladigan toʻshalma hosil qiladi.