Spirt sanoati
Spirt sanoati — oziqovqat sanoatining oziqovqat xom ashyosi (don, kartoshka, melassa)dan etil spirti (xom ashyo) va rektifikatsiyalangan spirt ishlab chiqaradigan tarmogʻi. Oziqovqat xom ashyosidan tayyorlanadigan spirt faqat tarkibida alkogol boʻlgan ichimliklar ishlab chiqarish.da emas, balki xalq xoʻjaligining tibbiyot, radioelektronika, parfyumeriya va boshqa sohalarida ham ishlatiladi. Texnika ishlarida qoʻllaniladigan etil spirtining koʻp qismi, asosan, oziqovqat uchun ishlatilmaydigan oʻsimlik moddalarini gidrolizlash va turli kimyoviy usullarda sintezlash yoʻli bilan olinadi.
Kraxmalli va qandli moddalarni bijgʻitib spirtli ichimliklar olish kadimdan maʼlum. 11-asrda Italiyada uzum vinosini haydash yoʻli bilan vino spirti olingan. 14-asrda spirt ishlab chiqarish. Fapbiy Yevropa va Rossiyada ancha rivojlangan edi. 19-asrning oxiri —20-asr boshlarida Rossiyada yirik spirt zavodlari qurildi.
20-asrning 90yillariga qadar Oʻzbekistonda Spirt sanoati unchalik rivojlanmagan edi. 1940-yilgacha respublikada faqat Samarqanddagi spirtaraqzdi, "Toshkentvino" kombinatining spirt sexi mavjud edi, xolos. Respublika xalq xoʻjaligi uchun etil va texnik spirtlar sobiq SSSRning boshqa hududlaridan keltirilgan. 1940—90 yillarda viloyatlarda qurilgan vinoarak, zavodlarida kam miqdorda etil spirti ishlab chikarilgan. 1995-yilda etil spirti ishlab chiqarish.ni koʻpaytirish, chet eldan spirt sotib olishga barham berish maqsadida dastlab mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish.ga moʻljallangan Qoʻqon mineral oʻgʻitlar zavodi 1989-yildan etil spirti ishlab chiqarish.ga ixtisoslashtiriddi. Korxona 1995-yildan bugʻdoydan oziqovqat spirti ishlab chiqara boshladi. Uning yillik kuvvati 2464,2 ming dal rektifikat spirt (2003). 1991-yildan Andijon biokimyo zavodi qayta ixtisoslashtirilib, 1994-yildan etil spirti ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi (yillik quvvati 1642,8 ming dal, 2003).
Yangiyoʻl "Biokimyo" zavodi 1995-yildan bugʻdoydan rektifikat etil spirt, sholi chikindisidan texnik spirt ishlab chikaradi. Yillik quvvati 821,4 ming dal. Shuningdek, viloyatlarda joylashgan vinoaraq zavodlarida ham etil spirti ishlab chiqariladi.
Respublikada ishlab chiqarilayotgan oziqovqat spirti, asosan (80%), ichki bozorni — "Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding" kompaniyasining vinoaraq korxonalarini, "Doridarmon" aksiyadorlik kompaniyasi boʻlinmalarini, "Oziqovqat sanoati" uyushmasi va boshqa korxonalar ehtiyojlarini taʼminlaydi. 1999-yildan oziqovqat spirti Markaziy Osiyo hududidagi boshqa davlatlarga eksport qilinadi.
Oʻzbekiston Spirt sanoati korxonalarida 4032,8 ming dal xom ashyo etil spirti, shu jumladan, "Oʻzkimyosanoat" davlataksiyadorlik kompaniyasi korxonalarida 2637,1 ming dal oziqovqat spirti ishlab chikarildi (2002).
Rivojlangan mamlakatlarda S.s, asosan, AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya, Braziliya kabi davlatlarda taraqqiy etgan. AQShda "Shenli distillere", "Jozef E. Sigrem End sane", "Barton distilling"lar etil spirti ishlab chikaruvchi asosiy firmalar hisoblanadi. Germaniya, Fransiya va boshqa mamlakatlarda oziqovqat spirti ishlab chikaruvchi zavodlar, asosan, davlat monopoliyasi tarkibiga kiradi.
Anatoliy Voznenko.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |