Sporofill
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Sporofill — qirqquloq yoki urugʻli oʻsimliklar bargi. S.da yoki barg qoʻltigʻida sporangiylar paydo boʻladi. Suv qirqquloqlarining mikro va megasporangiylari sporokarpiyalarda vujudga keladi. Mikrosporangiylar rivojlanadigan har xil sporali oʻsimliklar S.lari mikrosporofillar, megasporangiylar rivojlanadigan S.lar esa megasporofillar deb ataladi. Mikro va megasporofillar tashqi koʻrinishi bir xil, urugʻli oʻsimliklarda esa har xil boʻlishi mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |