Sport akrobatikasi
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Akrobatika (yun. akrobotes —oyoq uchila yuraman, yuqoriga chiqaman)— 1) gimnastika shaklidagi jismoniy mashqlar turi. 2) sakrash, sport uskunalariga tayanib yoki ularsiz muvozanatni saqlab bajariladigan, kuch, epchillik namoyish qilinadigan va boshqa maxsus jismoniy mashqlar majmuasi, sport turi. Sport Akrobatikasi 20-asrning 30- yillarida paydo bo‘ldi. Bu sport turida sakrash mashqlari quyidagicha bajariladi: aylanishlar, do‘mbaloq oshishlar, salto. Bu harakatlarni bajarganda sportchi avvalo o‘z muvozanatini, so‘ng sheriklarining muvozanatini saqlashi zarur. 18-asr oxirlaridan sirkda keng tarqaldi. Asosan, dinamik va statik mashqlarga bo‘linadi. Dinamik mashqlar umbaloq oshish, to‘ntarilish, salto (turgan joyda muallaq holda umbaloq oshib, yana o‘z vaziyatiga qaytish) harakatlaridan; statik mashqlar turli vaziyatda muvozanat saqpash, chalqanchasiga ag‘darilib, gavdani «ko‘prikcha» qilish kabi mashqlardan iborat. Kuch Akrobatikasi (qo‘lda yoki boshda turish, muvozanat saqlash), sakrash Akrobatikasi (ikki yoki undan ortiq kishining sakrashi, flik-flyak, saltomortale, g‘ildiraksimon sakrash va b.), yelka Akrobatikasi (3 kishidan kam bo‘lmagan holda, ulardan biri yelkadan yelkaga sakraydi), komik Akrobatika (masxarabozlar grimda chiqib tasodifan qoqilib ketgandek bo‘lib, tomoshabinlarni kuldiradi, dor, to‘rnik, batut va manej ustida kulgili mashqlar bajaradi) va boshqalar. Akrobatika o‘yinlari bor. Ot ustida Akrobatika (chopib ketayotgan ot ustida mashqlar bajarish) zamonaviy sirkda asosiy janrlardan biri. O‘zbekiston sirk va estrada dasturlarida Akrobatikadan keng foydalaniladi. Maxsus (tsirk, teatr) o‘quv yurtlarida Akrobatika alohida daryo sifatida o‘qitiladi.