Sport jamiyatlari (OʻzRda) -jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanuvchi fukarolarni birlashtiruvchi tashkilotlar. Oʻzbekistonda "Yoshlik" koʻngilli sport jamiyati, "Dinamo" jismoniy tarbiya va sport jamiyati, "Talaba" sport uyushmasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy sport klubi faoliyat koʻrsatadi.