Sport qayiqlari - eshkak eshish va yelkanli kema sporti hamda suv turizmi uchun moʻljallangan qayiklar. Eshkakli Sport qayiqlari sirasiga akademik qayiqlar, baydarkalar, kanoe, shlyupkalar, odamlar eshkak eshib sayr qiladigan qayiklar va boshqa kiradi. Motorli Sport qayiqlari (mas, skuterlar) turgʻun yoki osma dvigatellar bilan taʼminlangan boʻladi. Shuningdek, kayutali yelkanlimotorli Sport qayiqlari ham boʻlib, ular kreyserlar poygasida qoʻllaniladi.