Sport suv havzasi - sport inshooti, unda suzish va suv polosi uchun (50x21 m, chuq. 1,8—2,3 m), tramplin va vishkalardan sakrash uchun (18 — 20x14—21 m, chuq. 3,5—5,5 m), suzishga oʻrgatish uchun (har xil shakl va kattali kda, chuq. 1 m gacha) moʻljallangan hovuzchalari boʻladi. Suv havzalari belgilangan sanitariya standartlari talablariga mos boʻlishi va muntazam kimyoviybakteriologik ishlovdan oʻtkazilib turishi shart.