Spot
Spot (ing. spot — naqd, haqi darhol toʻlanadigan) — naqd tovar yoki valyuta oldisotdisi toʻgʻrisida birja yoki birjadan tashqari kelishuv turi. S shartlarida sotilgan tovar haqi darhol toʻlanadi, tovarning oʻzi esa haridorga ertasiga yetkazib beriladi. Oradagi bir kun mobaynida kelishuv hujjatlarini rasmiylashtirish, bank operatsiyalarini oʻtkazish ishlari bajariladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |