Sring, Blul, Blur (armancha: Սրինգ, Բլուլ, Բլուր) — armanlarning puflab chalinadigan cholgʻu asbobi, pikkolo nayining bir turi. Sring 3 turdagi material: qamish, yogʻoch yoki metalldan yasalishi mumkin. Choʻponlarning anʼanaviy cholgʻu asbobi hisoblansa-da, kundalik hayotda raqsga joʻr boʻlishda ishlatiladi[1].

Sring — fleyra tovushiga oʻxshash mayin tovushli choʻpon naychasi. U ishi oʻyilgan yogʻochdan yasalgan boʻlib, bir tomoni yoʻgʻon. Bir yuzasida bir nechta teshigi bor.

„Sring“ nomi frigiyaliklarga xos soʻz. Bu „quvur, nay“ degan maʼnolarni anglatadi. Armanlar ham baʼzan bu atamani puflab chalinadigan asboblarning umumiy nomi uchun ishlatishadi, lekin koʻpincha uni nay (fleyta), qamishsurnay yoki burgʻularni atashda qoʻllashadi[2].

Sringni baʼzan „blool“ deb ham atashadi. Ushbu uzunchoq nay arman musiqa asboblarining eng tipik namusaidir[3].

Manbalar tahrir

  1. Србуи С. Лисициан. Старинные пляски и театральные представления армянского народа: Введение в изучение старинных плясок и театральных представленний армянского народа. Изд-во Академия наук Армянской ССР, 1958. 
  2. Н. А. Шаврова. Армянские Музыкальные Инструменты В Собрании Крымского Этнографического Музея. — Общество с ограниченной ответственностью «Издательство Типография «Ариал», 2016. — Andoza:Бсокр.
  3. Александр Исаакович Шавердян. Очерки по истории армянской музыки XIX-XX веков: досоветский период. Гос. музыкальное изд-во, 1959.