Ssuda
Ssuda (𝚛𝚞𝚜) — moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz toʻlash va qaytarib berish sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki moddiy boylik. Ssuda juda qadimdan mavjud boʻlib, natural ishlab chiqarish hukmron boʻlgan jamiyatda, asosan, moddiy mahsulot tarzida berilgan. Pul paydo boʻlgach, Ssudaning pul shakli keng qoʻllandi. Kredit munosabatlarida pul mablagʻlari kredit shartlari asosida qarzga berilsa, ssuda munosabatlarida boshqa turdagi boyliklar tegishli shartlarga muvofiq qarzga beriladi. Aksariyat banklar muayyan maqsadlarni moliyalash uchun maqsadli ssuda beradi. Qisqa (1 yilgacha) va uzok, (bir necha yilga) muddatli ssudalar bor. Ssuda muddatida qaytarilmasa bank garov mulkni musodara qilishi va uni sotib, ssuda boʻyicha uzilmagan qarzni qoplaydi. Qimmatli qogʻozlarni ham garovga qoʻyib, ular evaziga ssuda olish mumkin. Qarz toʻlangach, qogʻozlar qaytarib beriladi. Ssuda munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |