Stagflyasiya (lot. stagno — qoʻzgʻalmas qilaman va infl atio — shishmoq, puflangan) — iqtisodiyotda chuqurlashib borayotgan pasayish bilan oʻsib borayotgan inflyasiyaning qoʻshilishi, iqtisodiyotning turgʻunlik, inflyasiya bilan tavsiflanuvchi holati. S nisbatan kam uchraydigan hodisa. S. belgilari: iqtisodiy oʻsish gʻoyat sust boradi yoki yuz bermaydi, ishsizlik koʻpayadi, tirikchilik qiymati usadi, inflyasiya kuchayadi, ishlab chiqarish. quvvatlari toʻla ishlatilmaydi, investitsiya jarayoni sustlashadi, ijtimoiy beqarorlik ortadi. S. rivojlangan Gʻarb mamlakatlarida 70y.lar —80y.lar boshida jahon bozorida xom ashyoyoqilgʻi tovarlari narxlarining bir necha baravar koʻtarilishi oqibatida paydo boʻldi. 90y.lar boshlarida SSSR parchalanganidan keyin vujudga kelgan va bozor iqtisodiyotiga oʻtayotgan mustaqil davlatlarning deyarli barchasida chuqur S holati yuz berdi.