Stajirovka
Stajirovka - bu tegishli soha boʻyicha tajribaga ega boʻlish, malaka oshirish, shuningdek, ma’lum vaqt davomida mutaxassislik boʻyicha ishlash. Stajirovkada xodimni ish faoliyati davomida oʻqitish koʻzda tutiladi. U shuningdek, malaka oshirish shakllaridan biridir[1]. Amaliyot 2012-yil 29-dekabrdagi 273-sonli „Rossiya Federatsiyasida ta’lim toʻgʻrisida“ gi Federal qonuniga muvofiq qoʻshimcha kasbiy ta’lim (malaka oshirish yoki kasbiy qayta tayyorlash) shakllaridan biri hisoblanadi.
Aksariyat holatlarda stajirovka paytida nomzodlarga shtatga ishga qabul qilishdan avval ularning imkoniyatlarini tekshirish uchun sinov muddati beriladi.
Amaliyotning davomiyligi maqsad va ishlab chiqarish ehtiyojlariga qarab belgilanadi.
Tavsif
tahrirStajyor amaliyotni tugatib, attestatsiya talablarini bajarganidan soʻng, ta’lim faoliyatini olib boriush vakolatiga ega boʻlgan tashkilotning malaka oshirish yoki kasbiy qayta tayyorlash (davlat standartidan tashqari) toʻg’risidagi tegishli guvohnomasini oladi.
Qonunchilik
Stajirovka tushunchasi turli sohalarda har xil talqin etiladi.
- „Ish joyidagi amaliyot“. Rossiya Federatsiyasi Mehnat kodeksiga muvofiq stajirovka mehnatni muhofaza qilish sohasiga aloqador boʻlib, (Rossiya Federatsiyasi Mehnat kodeksining 212-moddasi) yangi ishga qabul qilingan xodimlar uchun majburiy hisoblanadi.
- GOST 12.0.004-90ga muvofiq „Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha oʻqitishni tashkil etish. Umumiy qoidalar“ning 7.2.4-bandiga muvofiq, barcha ishchilar, shu jumladan kasb-hunar maktablari, oʻquv-ishlab chiqarish (kurs) zavodlari bitiruvchilari, ish joyidagi dastlabki tanishtiruv ishlaridan soʻng, 2-14 smenada (ishning xususiyatiga, xodimning malakasiga qarab) ustaxonada (boʻlimda) buyruq (koʻrsatma, qaror) bilan tayinlangan shaxslar rahbarligida stajirovka oʻtashi kerak.
- Universitetlar uchun stajirovka tushunchasi Rossiya Federatsiyasi Oliy taʼlim davlat qoʻmitasining 1996-yil 15-martdagi N 18-34-44in / 18-10 „Mutaxassislar uchun stajirovkalarni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida“gi xatida batafsil yoritilgan. Stajirovka mutaxassislar uchun qoʻshimcha kasbiy taʼlim turlaridan biri boʻlib, olingan nazariy bilim, koʻnikma va malakalarni amaliyotda shakllantirish va mustahkamlash maqsadida tashkil qilinadi.
Mehnatga haq toʻlash tartibi
tahrirStajirovka xodimlarni ishlab chiqarishga oʻrgatish shakli boʻlgani sababli, amaliyot vaqtida ish haqi toʻlanishi kerak[1]. Ba’zida firmalar bu jihatni e’tiborsiz qoldiradilar va amaliyot uchun pul toʻlamaydilar.
Xorijda stajirovka oʻtash
tahrirMutaxassislik boʻyicha amaliyotni boshqa davlatda ham oʻtash mumkin. Bunday vaziyatda, ish beruvchi -kompaniya bilan kelishilgan holda, stajirovka pullik ham, bepul ham boʻlishi mumkin (ba’zi hollarda kompaniya stajyorni amaliyot davomida turar-joy bilan taʼminlashi mumkin). Chet elda stajirovka olishning uch xil turi mavjud:
- Xizmat safarini mustaqil tashkil etish. Boʻlgʻusi xodimning oʻzi stajirovka joyini topish va viza olish (agar kerak boʻlsa) bilan shug’ullanadi. Xorijdagi ish beruvchi esa stajyorni jalb qilish uchun maxsus ruxsatnomani rasmiylashtiradi.
- Stajirovka xorijda ishlash/oʻqitishga ixtisoslashgan agentliklardan biri tomonidan tashkil etiladi.
- Rossiyalik ish beruvchi tomonidan xorijda amaliyot oʻtash uchun yoʻllanma berilishi mumkin, masalan, chet eldagi hamkor kompaniyaga.
Yana qarang
tahrir- Prekarizatsiya | Prekariat
- Soya bandligi
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Стажировка: что это такое.“ (ruscha). 2010-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-oktabr 2011-yil.
Havolalar
tahrir- Butunrossiya amaliyot ma'lumotlar bazasi (Wayback Machine saytida 2022-03-31 sanasida arxivlangan)
- Korxonada amaliyotni qanday tashkil qilish kerak (Wayback Machine saytida 2020-09-22 sanasida arxivlangan)