Stanislav Malikov (1960-yil 25-oktyabr ) — sovet futbolchisi, hujumchi ampluasida oʻynagan.

Stanislav Malikov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Stanislav Igoryevich Malikov
Tavallud sanasi 25-oktyabr 1960-yil (1960-10-25) (64 yosh)
Boʻyi 178 sm
Ampluasi hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
SSKA
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1979−1980 SSKA 2 (1)
1980 Volga (Kalinin) 12 (0)
1980 Shinnik 3 (0)
1981 Volga (Kalinin) 16 (4)
1982 Chernomorets 0 (0)
1982 Zvezda (Jizzax) 3 (0)
1985 Krasnaya Presnya 4 (2)
Boshqargan klublari
1986−2003 FK MKShV
2003 Reutov
2004 Saturn
2005 Luch-Energiya
2006−2008 Nika
2008 FShM
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Tarjimayi holi

tahrir

Futbolchilik faoliyati

tahrir

SSKAning bolalar va oʻsmirlar maktabi bitiruvchisi, yoshlar oʻrtasida Moskva chempioni (qishki mavsum)[1]. 1970-yillar oxirida oʻynagan, klubda samarali oʻyinlari bilan ajralib turgan[2]. Yuqori Sovet ligasining 1979-yilgi mavsumida futblochi atigi 2 ta oʻyin oʻtkazib, Tbilisining „Dinamo“siga 1 ta gol urgan. 19801982 va 1985-yilgi mavsumlarda quyi ligada oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati

tahrir

1982-yilda Moskva viloyatidagi davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan. 1986−2003-yillarda Moskva shampan vino zavodining jismoniy tarbiya jamoasida murabbiy, 2003−2008-yillarda „Reutov“, Yegoryevskning „Saturn“, „Luch-Energiya“, „Nika“ klublarida bosh murabbiy yordamchisi boʻlib ishlagan. 2008-yilda Oliy murabbiylar maktabini tamomlab, C litsenziyasini olgan, shundan soʻng „Torpedo FShM“ maktabida bolalar murabbiyi boʻladi[3].

Manbalar

tahrir
  1. Александр Кашан. „Маликов Станислав“ (ru). Сайт футбольной статистики. 2021-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-oktyabr.
  2. М. Щеглов. „ЦСКА — СКА (Ростов-на-Дону)“ (ru). Центральный стадион Динамо (1979-yil 7-noyabr). 2021-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-oktyabr.
  3. „Маликов Станислав Игоревич“ (ru). ФК Торпедо Москва. 2009-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-oktyabr.