Stanislav Vladimirovich Voznyak (1935-yil 2-fevral, Samarqand) – bosqon uloqtirish sport turi boʻyicha sovet yengil atletikachisi. SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi, SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiyi (1980), RSFSRda xizmat koʻrsatgan sport murabbiyi (1991), Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan jismoniy tarbiya xodimi. Stanislav Voznyak musoboqalarda Moskvaning "Burevestnik " va „SSKA“ sport jamoalari bilan qatnashgan[1].

Stanislav Vladimirovich Voznyak
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Tavallud sanasi 2-fevral 1935-yil
Samarqand
Faoliyat yillari 1952—1964
Sport
Qaysi sport Bosqon uloqtirish
Klubi SSKA, Burevestnik
Murabbiy(lar)i P.L.Limar

Hayoti tahrir

Stanislav Voznyak 1935-yil 2-fevralda Samarqandda tugʻilgan. U oʻrta maktabni tamomlagach 1952-yildan boshlab Krasnodar oʻlkasining Apsheronsk shahrida yengil atletika bilan shugʻullana boshladi. 1958-yilda Lenin nomidagi Davlat markaziy jismoniy tarbiya institutini (GTSOLIFK) tamomlagan. Uning murabbiyi P.L.Limar boʻlgan.

Stanislav Voznyak 1958—1964-yillarda yengil atletika boʻyicha SSSR milliy terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. 1966-yilda aspiranturani tugatib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy unvonini olgan. Nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Keyinchalik u Butunrossiya jismoniy tarbiya va sport ilmiy-tadqiqot institutining (VNIIFK) yengil atletika boʻlimini boshqargan[2]. „Bosqon uloqtirish“ kitobi muallifi hisoblanadi.

Stanislav Voznyak Kuba, Iroq, Chilida murabbiy boʻlib ishlagan, shuningdek Argentinadagi Xalqaro yengil atletika federasiyalari assosiasiyasi Janubiy Amerika taraqqiyot markazida oʻqituvchi boʻlgan[1].

1974-yildan 1991-yilgacha 18 yil davomida bosqon uloqtirish boʻyicha SSSR terma jamoasi katta murabbiyi, 1989-yildan 1991-yilgacha RSFSR terma jamoasi bosh murabbiyi, 1992-yildan 1994-yilgacha Rossiya Federatsiyasi yengil atletika terma jamoasi bosqon uloqtirish guruhining katta murabbiyi boʻlgan. IAAF va Rossiya Olimpiya qoʻmitasining bir qancha mukofotlari bilan taqdirlangan.

Mukofotlari tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Возняк Станислав Владимирович | Sport-strana.ru“ (ru). 2019-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-avgust.
  2. „Поздравляем! - Новости - RusAthletics“. www.rusathletics.com. 2019-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-avgust.

Tashqi havolalar tahrir