Stanislavskiy sistemasi — teatr sanʼatining Konstantin Stanislavskiy tomonidan ishlab chiqilgan sahna nazariyasi va uslubining nomi. Stanislavskiy sistemasi rus va jahon teatri ilgʻor anʼanalari hamda Moskva badiiy akademik teatri (MXAT) amaliy faoliyati asosida, Stanislavskiyning ijodiy va pedagogik tajribasi mahsuli sifatida yuzaga kelgan. Seda bir marta ijodiy jarayonni ongli oʻzlashtirish muammosi hal qilinadi, aktyorning obrazga uzviy kirish yoʻli tekshiriladi. Teatr sanʼatida realistik yoʻnalishning nazariy asosi boʻlib, bu yoʻnalish „kechinma sanʼati“ deb ataladi. Stanislavskiy sistemasi sahnada hissiyotni tashqi tomonidan koʻrsatib, aktyor ijrochiligini kasb (hunar) ga, qolipga aylantiruvchi, aktyor ijodiga ilhomning oʻzi yetarli deb qarovchi sanʼatga qarshi qaratilgan. Sahna xattiharakati xususidagi taʼlimoti Stanislavskiy sistemasining asosini tashkil qiladi. Stanislavskiy diqqatini asosiy masalateatrda aktyorning tabiiy, ijodiy kayfiyati va sahnaviy obraz yaratish masalasiga qaratib, oʻz sistemasini 2 kiyemga: aktyorning oʻz ustida hamda rol ustida ichki va tashqi tomonidan ishlashiga ajratadi. Stanislavskiy sistemasi aktyor oldiga kagor vazifalar qoʻyadi. Ana shu vazifalar orasida eng muhimi aktyorning pyesa mazmunini toʻliq tushunishi, tavsiya etilgan muhitda oʻzini unga mos va uygʻun his eta bilishidir. Mazkur tamoyilni amalga oshirish maqsadida Konstantin Stanislavskiy „jismoniy harakat metodi“, „qalb koʻzi bilan koʻra bilish“, „harakat tahlili“ va „oliy maqsad“ qoidalarini ishlab chiqdi. Aktyor oʻz oldiga „oliy maqsad“, yaʼni aniq goyaviyijodiy niyat qoʻysagina, uning ijodi badiiy yetuk va taʼsirli boʻladi.

Oʻzbek professional teatri 20-asrning 30-yillaridan eʼtiboran Stanislavskiy sistemasiga amal qilib keladi. M. Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutida aktyor va rejissorlarni tayyorlashda Stanislavskiy sistemasi qoʻllanib kelinadi.

Manbalar tahrir