Starazagora — Bolgariyadagi shahar, Sredna-Gori togʻlarining jan. yon bagrida. Aholisi 143,9 ming kishi (2001). Transport yoʻllari tuguni. Qishloq xoʻjaligi rayoni markazi. Mashinasozlik (stanoksozlik, sanoat robotlari, oziqovqat sanoati uchun uskunalar, elektron hisoblash texnikalari ishlab chiqarish.), toʻqimachilik, tikuvchilik, oziqovqat, tamaki, mebel sanoati korxonalari bor. Shahar yaqinida yirik kimyo kombinati qurilgan. S. qadimda Beroye, AvgustTrayan, Eski Zafa (turkcha) deb atalgan. 1877—78 ylardagi Rossiya— Turkiya urushida vayron bulib, keyinchalik qayta tiklangan.