Stark — kechpishar kuzgi olma navi. AQShdan olib kelingan. Daraxti kuchli usadi. Barglari yirik, toʻq yashil. Aprelda gullaydi. Gullari yirik, pushtirang. King Devid, Parmen, Simirenko kabi navlardan yaxshi changlanadi. Mevasi yirik, vazni 140—160 g, yumaloqchoʻziq. Meva bandi kalta. Pusti yupqa, qattiq, silliq muloyim, koʻkimtirsariq, sirti qizgʻish bilinarbilinmas chiziklar bilan qoplangan. Eti och-sariq, qattiq, sersuv, taʼmi nordonshirin, xushboʻy. Mevasi avgust oyining oxirlarida terib olinadi. Mart oyigacha yaxshi saqlanadi. Past payvandtaglarda 3—4-yili, baland payvandtaglarda 6—7yili hosilga kiradi. Kasalliklar va zararkunandalarga chidami yuqori. Mevasi kam toʻkiladi. Oʻzbekistonda ixtksoslashgan bogʻdorchilik xoʻjaliklarida ekiladi.