Stavridalar
Stavridalar (Trachurus) — olabugʻasimonlar turkumiga mansub baliqlarning bir urugʻi. 10 turi maʼlum. Gavdasi 50 sm cha, vazni 400 g cha. Yon chizigʻida suyakli qalqonchalar bor. Dunyo okeanining iliq va subtropik qismida tarqalgan. Gala boʻlib, uzoq joylarga koʻchib yuradi. Qisqichbaqasimonlar va mayda balikdar bilan oziqlanadi. Yapon, Kora, Boltik va Azov dengizlarida uchraydi. Ovlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |