Stavropol (1935-1943-yillarda Voroshilovsk) — Rossiya Federatsiyasi Stavropol oʻlkasidagi shahar (1785-yildan), oʻlka markazi. Stavropol qirlarida joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 344,2 ming kishi (1998). S. 1777-yilda Rossiya hududlarini jan. tomon kengaytirish uchun istehkom sifatida bunyod etilgan. 1822-yildan Kavkaz viloyati, 1847-yildan Stavropol gubernyasining markazi. Shimoliy Kavkazning yirik sanoat va madaniyat markazlaridan biri. Mashinasozlik va metallsozlik (stanok, asbob, avtomobil kranlari, avtopritseplar, elektr apparatura va boshqa ishlab chiqariladi), kimyo (texnika uglerodi, kimyo reaktivlari va lyuminoforlar zavodlari), yengil (koʻnpoyabzal va tikuvchilik), mebel sanoatlari korxonalari bor. Qurilish materiallari, polifafiya ktlari ishlab turibdi. 5 oliy oʻquv yurti (politexnika, qishloq xoʻjaligi., tibbiyot, pedagogika intlari, Moskva kooperativ institutining filiali), bir qancha oʻrta maxsus bilim yurti, 2 teatr (drama va qoʻgʻirchoq teatrlari), 3 muzey faoliyat koʻrsatadi. Bir qancha ilmiy tadqiqot intlari mavjud.