Stavropol qirlari – Kavkazoldining markaziy qismidagi platosimon balandlik. Asosan, Rossiya Federatsiyasi Stavropol oʻlkasida. Kuban, Kuma daryolari va KumaManich botigʻi oraligʻida. Bal. 300–600 m, eng baland joyi 831 m. (Strijament togʻi). Daryolarning keng vodiylari, jar va soyliklar Stavropol qirlarini ayrim supasimon togʻlarga ajratib qoʻygan. Koʻp qismi ekinzor, balandroq qismlari oʻrmonli dashtdan iborat. KubanYegorlik suv sistemasi va Katta Stavropol kanallaridan sugʻoriladi.