Stearin
Stearin (yun. stear — yogʻ, moy) — texnik stearin kislota, yuqori yogʻ karbon kislotalarining aralashmasi (asosan, stearin va palmitin kislotalari). S. oq yoki sariq rangli yarimshaffof, qoʻlga yogʻdek unnaydigan qattiq massa. Zichligi 920 kg/m³ (20°da), suyuqlanish temperaturasi 53—65° (naviga koʻra). Hayvon yogʻlari gidrolizatlarini distillab yoki oʻsimlik moylarining goʻyinmagan yogʻ kislotalarini gidrogenlab olinadi. Sovun, sham ishlab chiqarish.da, rezina, toʻqimachilik va boshqa sanoat tarmoklarida ishlatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |