Boris Abramovich Stekolnikov

(Stekolnikov Boris Abramovichdan yoʻnaltirildi)

Stekolnikov Boris Abramovich (1889, Saratov — 1974, Toshkent) — xirurg. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1963), tibbiyot fanlari doktori (1941), professor (1948).

Saratov universitetini tugatgan (1915). Oʻrta Osiyo universitetining topografik anatomiya va operativ xirurgiya kafedrasida ordinator (1920—22), assistent (1923— 34), dotsent (1935—41), kafedra mudiri (1941—66). 1966 yildan Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti xirurgiya klinikasi mudiri. Ilmiy ishlari baʼzi patologik jarayonlarda koʻkrak qafasi aʼzolarining joyidan koʻchishiga oid.