Stendal
Stendal (Stendhal) (taxallusi; asl ism-sharifi Anri Mari Beyl) (1783.23.1, Grenobl 1842.23.3, Parij) — fransuz yozuvchisi. Advokat oilasida tugilgan. 1799-yilda harbiy vazirlik xizmatiga kirgan, Napoleon I armiyasida xizmatda boʻlgan (1806—14). Soʻng Italiyaga kelib, J. Bayron bilan tanishgan. Italyan romantiklarining „Conciliatore“ („Yarashtiruvchi“) jurnali bilan hamkorlik qilgan. 1815-yildan boshlab S.ning dastlabki asarlari eʼlon qilina boshlagan. Bu asarlardagi respublikachilik ruhi va cherkov shaʼniga aytilgan nomunosib soʻzlar Avstriya politsiyasida S.ga nisbatan shubha uygʻotadi. Hayoti xavf ostida qolgan S. 1821-yilda Parijga qaytib, maqolalar yozadi, romantizm haqidagi munozaralarga kirishadi va publitsistik risolalar eʼlon qiladi. 1830-yil Iyul inqilobidan keyin S. dastlab Triyestda, soʻngra Rim yaqinidagi bir shaharchada fransuz konsuli lavozimida xizmat qiladi. S. Hayotining bu shaharchadagi soʻnggi 10 yili qizgʻin ijod bilan kechadi. S. ijodi 18—19-asrlarning tutash nuq, tasida boshlanganiga qaramay, u imperiya qalokatga uchragunga qadar havaskor yozuvchi darajasidan yuqori koʻtarilmadi. 1814-yildan Tiklanish (Restavratsiya)ning soʻngiga qadar boʻlgan davrda S.ning ijtimoiyfalsafiy va adabiyestetik qarashlari uzilkesil shakllandi. U shu davrda „Gaydn, Motsart va Metastazio hayoti“ (1817), „Italiyadagi rang-tasvir tarixi“, „Rim, Neapol va Florensiya“ (1817), „Muhabbat toʻgʻrisida“ (1822), „Rossini hayoti“ (1824), „Rasin va Shekspir“ (1823—25), „Rim boʻylab sayr“ (1829) singari publitsistik, falsafiypsixologik, shuningdek, sanʼat haqidagi asarlari va yoʻl xotiralarini eʼlon qildi. U qariyb 30-yil davom etgan tayyorgarlikdan keyin yirik badiiy asarlar yozishga kirishib, „Armans“ (3 j.li, 1927), „Kizil va kora“ (1831), „Parma ibodatxonasi“ (1939) romanlari, „Vanina Vanini“ (1829) xikoyasi, „Vittoriya Akkoramboni“, „Chenchi“ (1837), „Gersoginya Palliano“ (1838) va „Kastrolik abbatisa“ (1839) singari yoʻl xotiralarini yaratdi. Bundan tashkari, S. shu davrda „Xudbinning xotiralari“ (1832) va „Anri Bryular hayoti“ (1835) avtobiografik kissalari, „Lyusyen Leven“ (1834—36), „Lamyel“ (1839—42) romanlari, „Minna Vangel“ (1829—36) qissasi va boshqa asarlarini yezdi.
Tanqidiy realizmning shaxsga tarixiylik prinsipi asosida yondashish, voqealar va harakterlarning haqqoniyligiga erishish, xulqatvorlarni sinchkovlik bilan oʻrganish, ongshuur harakatini taxlil etish haqidagi talablari S. realizmining asosini tashkil etadi. S. „Armans“ romanida shu prinsiplarga amal qilishga uringan boʻlsada, bu prinsiplar yozuvchining shoh asari — „Qizil va qora“ romanida oʻzining mukammal ifodasini topgan.
„Qizil va qora“ romani S. ning yuksak mahorati bilan 19-asrning taeutiliy xronikasi darajasiga koʻtarildi. Asarda „salon hayotidan koʻrinishlar“gina emas, balki Tiklanish davridagi qariyb butun Fransiyaning hayoti oʻz aksini topgan. S. Jyulyen Sorel obrazini yaratish orqali fransuz jamiyatining ijtimoiy tabiatini va bu jamiyatda kechgan kurashni katta badiiy kuch bilan koʻrsatgan. S.ning tugallanmay qolgan „Lyusyen Leven“ romanida esa Iyul monarxiyasining dastlabki yillaridagi siyosiy-ijtimoiy va xususiy hayotning keng manzarasi tasvirlangan. S. ijodi fransuz adabiyotining keyingi taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatdi va jagʻon miqyosida shuhrat qozondi. S.ning tasvirlash maxrrati, jamiyat hayotini badiiy taxlil kilish sanʼati romandan romanga oʻsib boradi. S. adabiyotshunoslik, sanʼat tarixi, falsafa va psixologiya masalalariga oid asarlar ham yaratgan. Uning asosiy asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
ManbalarTahrirlash
- Sobraniye sochineniy, 1 — 15 tt., M., 1959; Qizil va qora, T., 1986; Parma ibodatxonasi, T., 1990.
AdabiyotTahrirlash
- Suleymanova F. K., „Lyusyen Leven“ Stendalya, T., 1962; Re i zo v B. G., Stendal. Filosofiya istorii. Politika. Estetika, L., 1974.
Naim Karimov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |