Stenografiya (yun. stenos — tor, siqiq, qisqa va ... grafin) — qisqartirilgan tezkor yozish usuli va shunday yozuv; alohida qisqa belgilarning mavjudligi, soʻz unsur (qism)larini qisqartirish yoki yozmay tashlab ketish, soʻzlar va soʻz birikmalarini qoʻshib yozish S.ning asosiy belgilaridir. S. ogʻzaki nutqni sinxron (nutq jarayonida) yozib olish hamda yozuv texnikasini takomillashtirishga imkon beradi. Stenografik yozuv tezlik boʻyicha oddiy yozuvdan 4—7 marta ustunrokdir. S. juda qad. zamonlardan maʼlum boʻlgan (Yunonistonda mil. av. 350 yilga mansub S. belgilari yozilgan marmar taxtacha topil gan). Qad. Rimda mil. av. 1-asr da Sitseronning quli Tiron rimcha S. tizimini kashf etgan va Tiron, notalari deb ataladigan bu tizim 11-asr gacha qoʻllanib kelgan.

"S." termini 1602-yilda Angliyada stenograf J. Uillis tomonidan qoʻllangan. S. belgilari dunyo tillari uchun umumiydir. Faqat har bir tilning oʻziga xos xususiyati va undagi har bir fonemaning oz yoki koʻp uchrashiga qarab belgi tanlanadi. Hozirgi S.da geometral va qiya yozuv (kursiv) tizimlari farqlanadi. Ularning har ikkalasi ham Angliyada: geometral S. J. Uillis (1602) tomonidan, qiya yozuv S.si esa S. Bordli (1789) tomonidan yaratilgan. Geometral S. belgilari har xil geometrik shakllarning boʻlaklaridan iborat boʻlib, amalda yozish uchun noqulay deb topilgan. Qiya yozuv S.sidagi belgilar oddiy yozuv belgilarining ayrim unsurlaridan iborat boʻlib, asosiy xat chizik, ustida yoziladi va xat tekisligi yaxshi sakdanadi. Shu sababdan qiya yozuv tizimi geometral tizimdan afzalroq hisoblanadi. Qisqartirish usuliga koʻra, S. tizimlarining 2 turi: morfologik yoki imloviy (oddiy yozuv imlosiga amal qilgan holda soʻzlarni boshlanma harfigacha qisqartiriladi) va fonetik (qisqartirish maqsadida yaxshi eshitilmaydigan tovushlar yozuvda tushirib qoldiriladi) turlari farqdanadi. Geometral tizimlar qisqa soʻzlar nisbatan koʻproq boʻlgan gillar (mas, ingliz, fransuz, ispan tillari) uchun, qiya yozuv tizimlari esa uzunroq soʻzlar koʻproq boʻlgan tillar (mas, slavyan, skandinav va nemis tillari) uchun qoʻllanadi.

Rus tili uchun stenografik tizim 1860-yilda birinchi marta amalda qoʻllangan. Rossiyada Oktyabr toʻntarishigacha ham, undan keyin ham bir kdncha stenografik tizimlar ishlab chiqilgan. 1933-yilda SSSR da Davlat yagona S. tizimi (kiya yozuv S.si asosida) joriy etilgan. Bu tizim oʻzbek tilida birinchi marta 1937-yilda qoʻllangan (1925—33 yillarda oʻzbek tilida rus tilidagi S. tizimidan foydalanilgan). Oʻzbekistonda koʻp yillardan beri S.ni oʻqitishoʻrgatish boʻyicha kurelar hamda stenografik xizmat idoralari faoliyat koʻrsatib kelmoqsa. S. rivojiga M. Maqsudov, M. Murodov, M. Rahimova, A. Shoraxmedov va boshqa katta hissa qoʻshganlar. Keyingi davrda audiovideotexnikaning rivoji va undan keng foydalanish S.ga va stenografistlarga boʻlgan ehtiyojni bir qadar kamaytirdi.

Adabiyot tahrir

  • Murodov M ., Stenografiya darsligi, T., 1952; Yurkovskiy A. M., Stenografiya skvoz veka, M., 1969.

Abduvahob Madvaliyev.