Sterilizatsiya (mikrobiologiya)
Sterilizatsiya — turli moddalar, xirurgiya asboblari, bogʻlov materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalarni mikroorganizmlardan va viruslardan butunlay tozalash. Tibbiyotda aseptikaning muhim usullaridan. Sterilizatsiya fizik va kimyoviy usullar yordamida amalga oshiriladi. Fizik usullarga termik (issiqlik) va nur bilan sterilizatsiya qilish kiradi. Kimyoviy sterilizatsiya sovuq sterilizatsiya deb ham yuritiladi, bunda sunʼiy materiallar yoki issiqlikka chidamsiz asboblar mikroblarni oʻldirish taʼsiriga ega boʻlgan kimyoviy moddalar yordamida sterilizatsiya qilinadi.
Issiq sterilizatsiya
tahrirIssiq sterilizatsiya suv bugʻi va quruq issiq yordamida amalga oshiriladi. Suv bugi bilan sterilizatsiya qilish avtoklavlarda 110 dan 140 °C gacha haroratda 2—4 atm bosim ostida oʻtkaziladi. Bogʻlov materiallari, matolar, jarroxlik asboblari, suyuqliklar, suyuq dorilar, rezina buyumlar suv bugi yordamida sterilizatsiya qilinadi.
Quruq issiq sterilizatsiya
tahrirQuruq issiq sterilizatsiya maxsus quritkich shkaflarda 160—200 °C quruq issiq havo yordamida bajariladi. Bu usul shisha, chinni va metall asboblarni sterilizatsiya qilishda qoʻllanadi. Nur bilan sterilizatsiya qilish ionlovchi nurlar yordamida bajariladi. Amaliyotda r va u nurlaridan foydalaniladi, bunda nurlanish dozasi 25000 greydan kam boʻlmasligi lozim.
Kimyoviy sterilizatsiya
tahrirKimyoviy sterilizatsiyada etilen oksid gazi, spirt, formalin buglaridan foydalaniladi. Optik asboblar, fibrin tolali asboblar, sunʼiy materiallar, jarroxlik iplari, maxsus jarroxlik asboblari (skalpellar) kimyoviy usulda sterilizatsiya qilinadi.
Havolalar
tahrirСтерилизация и дезинфекция инструментов озоном
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |