Stephen John Baddeley (1961-yilda tugʻilgan) — 1980-yillarning boshidan 1990-yillarning boshigacha musobaqalarda qatnashgan angliyalik nafaqadagi erkak badmintonchi.

Steve Baddeley
Shaxsiy maʼlumoti
Mamlakat Angliya
Tavalludi 28-mart 1961-yil (1961-03-28) (63 yosh)
Brighton, East Sussex, Angliya
Medallari va yutuqlari
Erkaklar badmintoni
Angliya bayrogʻi Angliya vakili
Thomas kubogi
Bronza 1982 London Erkaklar jamoasi
Bronza 1984 Kuala Lumpur Erkaklar jamoasi
Hamdo'stlik o'yinlari
Oltin 1982 Brisbane Aralash jamoa
Oltin 1986 Edinburg Erkaklar yakkaliklari
Oltin 1986 Edinburg Aralash jamoa
Yevropa chempionatlari
Oltin 1990 Moskva Erkaklar yakkaliklari
Oltin 1984 Preston Aralash jamoa
Bronza 1984 Preston Erkaklar yakkaliklari
Bronza 1990 Moskva Aralash jamoa
O'smirlar o'rtasidagi Yevropa chempionatlari
Kumush 1979 Mülheim an der Ruhr Aralash jamoa

Badminton faoliyati tahrir

Baddeley 1982, 1985 va 1987-yillarda erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida ingliz milliy chempionligini qoʻlga kiritdi. U toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan Britaniya Hamdoʻstligi oʻyinlarida erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida gʻolib chiqqan yagona ingliz va ikki yilda bir marta oʻtkaziladigan Yevropa badminton chempionatida (1990) erkaklar yakkaligi toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan ikkita inglizdan biri.

Baddeley Angliyani himoya qildi va 1982-yilda Avstraliyaning Kvinslend shtati Brisben shahrida boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik oʻyinlarida jamoaviy hisobda oltin medalga sazovor boʻldi. Bundan tashqari, u yakkalik musobaqalarida ham qatnashgan[1][2].

Toʻrt yil oʻtgach, Baddeley yana Angliyani himoya qildi va 1986-yilda Edinburgda (Shotlandiya) boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik oʻyinlarida yakkalik hamda jamoaviy bahslarda qoʻsh oltin medalni qoʻlga kiritdi[3].

Faoliyatining oxirida u 1990-yilda erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida yana Yevropa chempioni boʻldi. Shuningdek, Baddeley Belgiya xalqaro, Fransiya xalqaro hamda Uels xalqaro turnirlari va boshqalarda gʻolib chiqdi.

Yutuqlari tahrir

Yevropa chempionati tahrir

Erkaklar yakkaliklari

Yil Joy Raqib Hisob Natija
1984 Preston, Angliya - -   Bronza
1990 Moskva, Sovet Ittifoqi Andoza:Bayroqikon/ENG Darren Hall 11-15, 15-3, 15-7   Oltin

Hamdoʻstlik oʻyinlari tahrir

Erkaklar yakkaliklari

Yil Joy Raqib Hisob Natija
1986 Meadowbank sport markazi, Edinburg, Shotlandiya   Sze Yu 15-8, 15-8   Oltin

IBF Jahon Grand Prisi tahrir

Badminton boʻyicha Jahon Grand Prisini oʻtkazish Xalqaro Badminton Federatsiyasi (IBF) tomonidan 1983-yildan 2006-yilgacha ruxsat etilgan.

Erkaklar yakkaliklari

Yil Turnir Raqib Hisob Natija
1985 Hindiston ochiq turniri   Park Joo-bong 18-17, 15-2   Gʻolib
1985 English Masters   Morten Frost 12-15, 15-11, 11-15   Ikkinchi oʻrin
1986 Shotlandiya ochiq turniri   Ib Frederiksen 15-18, 15-8, 2-15   Ikkinchi oʻrin
1986 Gollandiya ochiq turniri   Poul-Erik Hoyer Larsen 15-4, 15-11   Gʻolib
1987 English Masters   Morten Frost 13-15, 18-15, 12-15   Ikkinchi oʻrin
1989 Germaniya ochiq turniri   Morten Frost 6-15, 4-15   Ikkinchi oʻrin

Erkaklar juftliklari

Yil Turnir Hamkor Raqib Hisob Natija
1984 Yaponiya ochiq turniri   Martin Dew   Tomas Kihlström
  Stefan Karlsson
6-15, 6-15   Ikkinchi oʻrin
1985 Hindiston ochiq turniri   Nick Yates   Park Ju-bong
  Kim Mun Su
3-15, 5-15   Ikkinchi oʻrin

Boshqaruvchilik tahrir

2004-yilda Badddeley Angliya sporti boʻyicha direktor lavozimini egalladi[4]. Steve Baddeley 2010-yil fevral oyida Ged Roddydan keyin Bath universitetida Bath jamoasi sport direktori lavozimiga tayinlandi[5].

Manbalar tahrir

  1. „1982 Athletes“. Team England. 21-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-avgust 2019-yil.
  2. „Athletes and results“. Commonwealth Games Federation. 22-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-avgust 2019-yil.
  3. „1986 Athletes“. Team England. 21-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-avgust 2019-yil.
  4. „Stephen Baddeley Leaves BA of E“ (30-avgust 2004-yil). 6-oktabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-aprel 2020-yil.
  5. „Team Bath“. teambath.com. 8-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-aprel 2020-yil.