Stexiometriya
Stexiometriya (yun. stoicheion asos, element va metriya) — kimyoning reaksiyaga kirishuvchi moddalarning miqdoriy nisbat qonunlarini, kimyoviy formulalar va kimyoviy reaksiyalar tenglamasini keltirib chikarish bilan shugʻullanuvchi boʻlimi. Avogadro qonuni, GeyLyussak qonunlari, tarkibning doimiylik qonuni, massaning saqlanish qonuni, karrali nisbatlar qonuni S.ning asosini tashkil etadi. Stexiometrik hisoblashlar kimyoviy texnologiya va metallurgiyada keng qoʻllanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |