Bosh menuni ochish

Stipendiya (lot. stipendium — haq, maosh) — oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimida oʻqiydigan talabalar, ishlab chiqarish.dan ajralgan xrlda i.t. ishi olib boruvchi aspirant, doktorant va malaka oshirish kurelari tinglovchilariga har oyda muntazam berib turiladigan pul nafaqasi. Oʻzbekistonda S. davlat byudjetidan toʻlab boriladi. Yangi qabul qilingan talabalarga kirish test savollari boʻyicha olgan ballari natijalariga qarab S. beriladi. Oliy oʻquv yurti talabalariga oʻqitilayotgan oʻquv fanlarini oʻzlashtirish darajasiga karab S. miqdori belgilanadi. Talabalarga S. miqdorini belgilashning tabaqalashtirilgan shakliga amal qilinadi va talabaning sessiya yakuni boʻyicha toʻplagan umumiy reyting bali unga asos qilib olinadi. Bakalavr, magistr va aspirantlar uchun davlat S.larining turli shakllari joriy etilgan. Ularning eng yuqorisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti S.sidir. 10 yoʻnalish boʻyicha bakalavr (1993 yildan), magistr (2002 yildan) va 5 yoʻnalish boʻyicha aspirant (1993 yildan)larga beriladi. Shuningdek, OʻzR Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oliy oʻquv yurtlari bakalavrlari uchun muayyan yoʻnalishlar boʻyicha Alisher Navoiy, Ulugʻbek, Beruniy, Ibn Sino nomidagi davlat S.lari taʼsis etilgan. Mazkur S.lar oliy oʻquv yurtlarida aʼlo oʻqiydigan, jamoat ishlarida faol ishtirok etadigan, i.t. ishlari bilan shugʻullanadigan va belgilangan maxsus imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan yuqori kurs bakalavrlariga beriladi. Ayrim institut va universitetlarning turli nomdagi (mas, Zamaxshariy, Behzod nomidagi) S.lari, jamgʻarmalar (mas, Amir Temur, Sogʻlom avlod uchun jamgarmalari)ning S.lari ham mavjud. Turli mulk shakllariga asoslangan korxona, firma, qishloq xoʻjaligi. shirkatlari, qurilish, transport, aloqa tashkilotlari tomonidan oliy oʻquv yurtlariga yuborilgan talabalar, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilariga ana shu korxona, firma, shirkat, tashkilotlarning oʻzlari shartnomada belgilangan miqdorda S. toʻlaydilar.

Aspirant va doktorantlar S.sining miqdori oliy oʻquv yurtlari, i.t. institutlarining kategoriyalari hamda ularning aspirantura va doktoranturaga kirish arafasidagi maoshiga qarab belgilanadi. 2001 yilgacha kasbqunar kolleji oʻquvchilariga ham S. berilgan. Asqarali Sulaymonov.