Stixiya (yun. stoicheion — dastlabki narsa, ibtido, element) — 1) qad. naturfalsafada — tabiatning asosiy elementlari (mas, qad. xitoy falsafasida — suv, olov, daraxt, metall, yer; yunon falsafasida — yer, suv, havo, olov, keyinroq efir va h.k.); 2) tabiatda roʻy beradigan, kishi karshilik koʻrsata olmaydigan hodisa, kuchli tabiiy ofat (yongʻin, toshqin, zilzila, toʻfon va h.k.).