Stoks qonuni — chegaralanmagan yopishqoq suyuklik ichida sekin ilgarilanma harakatlanayotgan qattiq sharga suyuklik koʻrsatadigan qarshilik kuchini ifodalovchi qonun. Undan kolloid kimyo, molekulyar fizika va meteorologiyada foydalaniladi. Stoks qonuni yordamida kolloid zarralari va boshqa mayda zarralarning tezliklarini aniqlash mumkin. S.q viskozimetriyada juda yopishqoq suyuqliklarning yopishqoqlik koeffitsiyentini aniqlashda qoʻllaniladi.