Stomatologik protezlash - stomatologiyaning tish toʻqimalarini tiklash, yoʻqotilgan tishlarni almashtirish, chaynash apparati tuzilishini va funktsiyasini tiklash bilan shugʻullanadigan boʻlimi.

Tishni protezlashni XVII-asr oxirida fransuz jarrohi Pyer Foshar ixtiro qilgan.[1] Foshar yoʻqolgan tishlarni almashtirishning koʻplab usullarini kashf etdi. U fil suyagidan protezlar yasagan. Foshar, shuningdek, tishlarning holatini toʻgʻrilash uchun breketlarni ixtiro qildi, ularni oltin sim va ipak iplardan yasagan. Fransuz farmasevti Aleksis Dyushato fransuz stomatologi Nikolya Dyubua de Sheman bilan birgalikda 1774-yilda birinchi chinni tishlarini yasagan.[2]

Protezlash turlari

tahrir

Tish protezlari uch turga boʻlinadi[3]:

  • Olinmaydigan protezlar. Olinmaydigan protezlarga tojlar, implantlar, koʻpriksimon protezlar va vinirlar kiradi. Olinmaydigan protezlar koʻpincha mavjud tishlarga biriktiriladi. Empirik qoida shundaki, har bir tish boshqa tishning chaynash bosimini oʻzlashtirishi mumkin. Ikki tishni almashtirish uchun ikkita tayanch tish kerak boʻladi.[4] Individual tish tojlari tish protezi boʻlib hisoblanmaydi, balki tishlarni saqlab qolish uchun xizmat qiladi, ammo tibbiy tizimda ular odatda moliyaviy nuqtai-nazarga koʻra tish protezlari safiga kiritiladi.
  • Olinadigan protezlar. Tishsiz jagʻlarni protezlash uchun ishlatiladi.
  • Kombinatsiyalashgan protezlash.

To'qimalarni tiklash

tahrir

2015-yilda Yaponiya fizika-kimy tadqiqotlari instituti tadqiqotchilari Tokio tibbiyot va stomatologiya universitetidagi hamkasblari bilan birgalikda sichqon toʻqimasidan bir nechta yangi tishlarni oʻstirishga, soʻngra hosil boʻlgan tishlarni sichqonchaning jagʻiga implantatsiya qilishga muvaffaq boʻlishdi.[5][6]

Manbalar

tahrir
  1. „Pierre Fauchard and Obturators“. fauchard.org. 2022-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-yanvar.
  2. „The Henry J. McKellops Collection in Dental Medicine“. beckerexhibits.wustl.edu. Qaraldi: 2022-yil 24-yanvar.
  3. „What is the prevalence of various types of prosthetic dental restorations in Europe?“. onlinelibrary.wiley.com. Qaraldi: 2022-yil 24-yanvar.
  4. „Crowns“. tetrismile.com. Qaraldi: 2022-yil 24-yanvar.
  5. „Multiplying teeth“. triken.jp. Qaraldi: 2022-yil 24-yanvar.
  6. „Functional tooth restoration utilising split germs through re-regionalisation of the tooth-forming field“. nature.com. Qaraldi: 2022-yil 24-yanvar.