Strasburg, Strasbur — Fransiyaning sharqiy qismidagi shahar, Il daryosining Reyn daryosiga quyilish yerida joylashgan. Elzasning tarixiy poytaxti. Quyi Reyn departamentining maʼmuriy markazi. Axoliyey 267 ming kishi (1999). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Dare porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mashinasozlik, toʻqimachilik, yogʻochsozlik, oziqovqat, neftni qayta ishlash sanoati korxonalari mavjud. universitet, konservatoriya, muzeylar bor. S. keltlar qishlogʻi oʻrnida bunyodga kelgan. S. nomi bilan 6-asrdan maʼlum. 925 yildan Germaniya qirolligi tarkibida. Oʻrta asrlarda yirik sanoat markazi boʻlgan. 1681-yildan Fransiya tarkibiga kirgan. 1871— 1919-yillarda Germaniya tarkibidagi ElzasLotaringiya imperiya yerining markazi edi. Versal sulh shartnomasiga koʻra, 1919-yilda Franpiyaga qaytarilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan sobor (11—16-asrlar), gotika cherkovi (13— 14-asrlar), yepiskop saroyi (1722—28), ratusha (1730), Roganov saroyi (1732— 42) va boshqa saqlangan.