Strashenskiy (Moldaviyadagi Strashena shaharchasi nomidan)— oʻrta kechpishar xoʻraki uzum navi. Moldaviya uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutida Kattaqoʻrgʻon x Dodrelyabi duragayini murakkab turlararo duragay Muskat de Sen Valye bilan chatishtirib chiqarilgan (M.SJuravel, G.M.Borzikova, I.P.Gavrilov, N.I.Guzun). Tupi kuchli oʻsadi. Barglari yirik, yumaloq, uchbesh boʻlmali, chetlari sal kertikli va pastga egilgan, ters tomoni tukli. Guli ikki jinsli. Uzumi avgustsent.da pishadi. Uzum boshi yirik, silindrsimon, konussimon, oʻrtacha tigʻiz, chochoq. Gʻujumi yirik, yumaloq, toʻq binafsha, quyuq gʻubor bilan qoylangan. Eti goʻshtdor, sersuv. Kurtagi boʻrtgandan keyin faol harorat yigʻindisi 2900° boʻlganda 155 kunda pishadi. Tarkibida 20—22% qand bor. Novdalari yaxshi pishadi. Sovuqqa chidami oʻrtacha. Hosiddorligi 200—250 s/ga. Ragʻa kasalligiga chidamli, kulrang chirishga chidamsiz.