Boris Petrovich Straumal (1900.25.7, Slonim sh., hozirgi Belarus, Grodno viloyati — 1987.29.4, Toshkent) — seleksioner olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1960), qishloq xoʻjaligi. fanlari doktori (1962), professor (1967). Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi. fakultetini tugatgan (1927). Oʻzbekistonda birinchi MTS tashkilotchisi va direktori (1929—31), SoyuzNIXI direktori (1931—39), ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari va oʻrta tolali gʻoʻza navlari seleksiyasi laboratoriya mudiri (1942—71). 1971-yildan Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim. Ilmiy ishlari yangi gʻoʻza navlarini yaratish, seleksiyaurugʻchilik ishlari sxemasi va metodikasini ishlab chiqishga bagʻishlangan. U malla tolali S4001, S4018, oq tolali S4727, S4480, Chimboy 3010, S4891 gʻoʻza navlarini yaratgan.

Manbalar tahrir

  • Sorta xlopchatnika s osnovami seleksii, T., 1974; Sort 108F, T., 1977.