Strukturalizm
Strukturalizm (lot. structure — tuzilish, joylashish, tartib) — tilshunoslik,adabiyotshunoslik, etnografiya, tarix va shu kabi gumanitar fanlarda struktur usullar va modellashtirishdan, formallashtirish, semiotika, matematikalashtirish elementlaridan foydalanish bilan bogʻliq yoʻnalish;20-asrning 20y.larida paydo boʻlgan. S.ning tadqiqot obʼyekti belgi tizimlari (til, fan, sanʼat, mifologiya, moda, reklama) majmui sifatida olingan madaniyatdir. S.ning asosini narsa va hodisalarning invariant munosabatlari yigindisi tarzida tushuniladigan tuzilma (struktura)lar tashkil etadi. Strukturalizmdan ibtidoiy kabilalar madaniyatini oʻrganishda hamda folklorshunoslikda samarali foydalanildi.Strukturalizm antropologiyadagi tadqiq qilishning yangi turlaridan biri hisoblanadi. Bu yo‘nalish madaniyatning tartibiy strukturasini o‘rgatuvchi etnologiya va famzliantropologiyaga o‘z e’tiborini qaratadi. Strukturalizmantropologiyada fransuz antropologiK.Livi Stross tomonidan ilgari surilgan. Hususan, u shunday deydi: “Biz inson tafakkuridagi strukturani topish orqali dunyo borasidagi umumiy qoidalar tartib etishimiz mumkin”. Bu nazariyadagi muamrno shundaki, ular jamiyat o‘zgarishlarini statik tarzda tushuntirishlaridadir. Nazariya madaniyatni o‘matilgan tartib deb ko‘rib, madaniyatga ko‘nikish darajalarini baholab chiqadi.
Adabiyot:k.Kalanov U.Sabirova “Ijtimoiy antropologiya”
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |