Styopa amaki
„Styopa amaki“ (ruscha: Дядя Стёпа) — rus yozuvchisi va shoiri Sergey Mixalkov qalamiga mansub poemalar toʻplami va shu toʻplamning bosh qahramoni. Bosh qahramon boʻyi oʻta novcha, xush tabiat militsioner Stepan Stepanov boʻlib[1], Sovet davrida bolalarning keng tanilgan va sevimli qahramoniga aylangan[2].
1939-yilgi multfilmda Styopa amaki obrazi | |
Asl nomi | Дядя Стёпа |
---|---|
Muallif(lar) | Sergey Mixalkov |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | poema |
Militsioner Stepanov haqidagi toʻrt sheʼr, yaʼni „Styopa amaki“ (ruscha: Дядя Стёпа) (1935), „Styopa amaki — militsioner“ (ruscha: Дядя Стёпа — милиционер) (1954), „Styopa amaki va Yegor“ (ruscha: Дядя Стёпа и Егор) (1968) hamda „Styopa amaki — veteran“ (ruscha: Дядя Стёпа — ветеран) (1981) sheʼrlari keng tanilgan boʻlsa-da, Mixalkov 1940-yil „Styopa amaki qizil armiyada“ (ruscha: Дядя Стёпа в Красной Армии) nomli sheʼri ham yozgan. Bularning orasida „Styopa amaki — veteran“ sheʼri 1985-yil oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Manbalar
tahrir- ↑ Tikhonov, Nikolai (14 March 1973). "Sergey Mikhalkov' Obituary". Literaturnaya gazeta.
- ↑ Basinskiy, Pavel; Yelena Yurinskaya „Ушел из жизни патриарх отечественной литературы Сергей Михалков“ (Russian). Issue No. 4985 (161). Rossiyskaya gazeta (2009-yil 28-avgust). Qaraldi: 2015-yil 9-noyabr.
Havolalar
tahrirWikimedia Commonsda Uncle Styopa mavzusiga oid fayllar bor. |